Daryo

Toshkentda navbatdagi 2 balli, Namanganda 3 balli zilzila sezildi

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan bir necha zilzilalar sezildi

1 daqiqa o‘qish15 778 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Gazeta.uz”

Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida 21-noyabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 5:16 da kuchsiz yerosti silkinishlari sezildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

“Toshkent” markaziy seysmostansiyasidan ma’lum qilishlaricha, Toshkentda 2 balli, Namanganda esa 3 balli yerosti silkinishlari sezilgan.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 210 kilometr sharqda, Namangandan 90 kilometr shimolda bo‘lgan. Epitsentrda zilzila magnitudasi 5,1 ga teng bo‘lgan, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda edi.

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan bir necha zilzilalar sezildi. Jumladan, 17-noyabr kuni 22:29 da Toshkentda 2,5—3 balli, 20-noyabr kuni 9:46 da esa 2 balli zilzilalar sezildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar