Daryo

Toshkent shahrida 2 balli yerosti silkinishlari sezildi

Toshkent vaqti bilan 20-noyabr, juma kuni soat 9:46 da Qirg‘iziston hududida 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi

1 daqiqa o‘qish18 532 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent vaqti bilan 20-noyabr, juma kuni soat 9:46 da Qirg‘iziston hududida 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi. “Toshkent” markaziy seysmostansiyasidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, zilzila markazi Toshkent shahridan 355 kilometr sharqda joylashgan.

Foto: Flickr

Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila natijasida Toshkent va Farg‘ona shaharlarida Rixter shkalasi bo‘yicha 2 balli, Andijon shahrida esa 3 balli yerosti silkinishlari sezildi.

Ma’lumot uchun, 17-noyabr, seshanba kuni oqshomida Qirg‘izistonning O‘sh shahri yaqinida 5,7 magnitudali zilzila yuz bergan, natijada Toshkent shahrida Rixter shkalasi bo‘yicha 2,5—3 balli yerosti silkinishlari sezilgan edi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar