Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Amerikaning Tesla kompaniyasi jahon bozoridan o‘zining Model S sedanlarini old o‘rindiqlardagi xavfsizlik kamarlari bilan bog‘liq nosozliklar ehtimoli tufayli qaytarib olmoqda. Bu haqda kompaniya vakillariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Tesla o‘z ixtiyori bilan qabul qilgan qaror AQSh va boshqa mamlakatlarda sotilgan 90 mingta Model S elektrokarlariga taalluqlidir.

Mutaxassislar fikricha, ulardagi xavfsizlik kamarlari kutilmaganda yechilib ketishi mumkin. Bunday gumonlar Yevropadagi mashinalardan birining egasi orqaga burilib qaramoqchi bo‘lganida kamar ochilib ketgani haqida xabar bergach, paydo bo‘ldi.

Texnik mutaxassislar uch mingtacha Model S’ni tekshirib ko‘rdi, biroq nosozliklar aniqlanmadi. Shunga qaramay, Tesla 90 mingta avtomobilning barchasida ushbu nuqson bor-yo‘qligini aniqlash kerak, deb hisoblaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda