Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bugun, 1-aprel — Xalqaro hazil kuni internet tarmog‘ida keng “nishonlandi”. Ko‘plab mashhur servislar o‘z foydalanuvchilarini 1-aprel hazillari bilan “siylashdi”.

Foto: shkolazhizni.ru

Foto: shkolazhizni.ru

 Google har yilgidek bu yil ham kompaniyaning turli bo‘limlaridagi xodimlar tomonidan tayyorlangan hazillarni dayjest ko‘rinishida havola qildi. Undan Google Japan’ning Magic Hand (Sehrli qo‘l) qurilmasi haqidagi videolavhasi ham o‘rin oldi. Hazil sifatida taqdim etilgan moslama smartfonni qo‘lingiz o‘rniga boshqaradi. Shuningdek, unga “zo‘r” ishorasini beruvchi bosh barmoq, mushuk panjasi, yelka qashuvchi moslama kabilarni o‘rnatish mumkin.

Foto: thenextweb.com

Foto: thenextweb.com

“Yandeks” esa o‘zining qidiruv sahifasida (Яндекс’dagi) “C” harfini smaylik ma’nosidagi ikki nuqta va qavs belgilari bilan almashtirdi. Shuningdek, saytda pashsha va pashshatutgich belgichalarini ko‘rish mumkin. Ular yordamida “pashsha tutish” o‘yinini o‘ynash mumkin.

Bundan tashqari, turli nashrlar hazilomuz xabarlarni e’lon qildi. 12news.uz sayti O‘zbekistoning bir tomonlama tartibda Yevroittifoq bilan viza rejimini bekor qilgani haqida xabar berdi. Ertalab 10:00 da e’lon qilingan yangilikda bunday qaror Toshkentda 1-aprel kungi yig‘ilishda qabul qilingani ta’kidlangan.

Mahalliy “Anons” nashri esa Amudaryoga daryo delfinlari keltirilgani haqidagi xabarni tarqatdi. Xabar matni so‘ngida barcha mushtariylarni 1-aprel bilan tabrikladi.

Shuningdek, UzInfocom korporativ blogi va “Banya.uz” yangiliklar tasmasi sahifalari hazil kuni munosabati bilan bir tomonga og‘gan holdagi qiyshiq ko‘rinish oldi.

“Daryo” nashri ham Xalqaro hazil kunida muxlislarni zeriktirib qo‘ymadi: nashrga qo‘shni xonada “yangi, misli ko‘rilmagan, universal sevimli” Kulmak.uz portali ishga tushgani xabar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi