Daryo

U-17 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etib, Jahon chempionatiga yo‘l oldi

Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O֥‘zbekiston U-17 terma jamoasi 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogini g‘alaba va mundial yo‘llanmasi bilan boshladi.

1 daqiqa o‘qish10 114 ko‘rishlar0 izoh13

Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O֥‘zbekiston U-17 terma jamoasi 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi 2026-yilgi Osiyo Kubogida o‘z ishtirokini boshladi. 2-tur doirasida Hindistonni yirik — 3:0 hisobida taslim etgan “oq bo‘rilar” 2026-yilgi U-17 Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Oʻzbekiston, Avstraliya va Hindiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan KXDR U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok eta olmasligi ma’lum boʻldi. Shu sababli, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 1-turni o‘tkazib yubordi va 2-turdagi g‘alaba evaziga kichik mundialga yo‘l oldi.

Foto: Instagram/AFC

Gollarga 32-daqiqada Laziz Abduraimov (penalti), 77-daqiqada Ahrorbek Ravshanbekov mualliflik qilgan bo‘lsa, 61-daqiqada hindistonlik futbolchi o‘z darvozasiga gol kiritdi.

3-tur uchrashuvi 13-may kuni Avstraliyaga qarshi boʻlib oʻtadi. Avstraliya 1-turda Hindistonni mag‘lub etgan edi. O‘zbekistonning g‘alabasi evaziga yashil qit’a vakillari ham Jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, guruhda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichi va 2026-yil Qatar mezbonlik qiladigan U-17 Jahon chempionati “chiptasi”ga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 21-marta tashkil etilmoqda. O‘zbekiston mazkur turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. 2025-yil aprel oyida Saudiya Arabistonining Jidda va Toif shaharlarida o‘tkazilgan qit’a chempionatida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘tkazilgan 6 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqqan edi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar