Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O֥‘zbekiston U-17 terma jamoasi 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi 2026-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etadi. Musobaqa 5–22-may kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tkaziladi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Oʻzbekiston “D” guruhidan o‘rin olgan. Jamoa bilan bir guruhdan joy olgan KXDR U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok eta olmasligi ma’lum boʻldi. Shu sababli, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi guruh bosqichidagi ishtirokini 10-may kuni Hindistonga qarshi oʻyin bilan boshlaydi. 3-tur ucrashuvi 13-may kuni Avstraliyaga qarshi boʻlib oʻtadi. Guruhda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichi va 2026-yil Qatar mezbonlik qiladigan U-17 Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
“D” guruhi
- Oʻzbekiston
- Avstraliya
- Hindiston
Ushbu musobaqa Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 21-marta tashkil etilmoqda. O‘zbekiston mazkur turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. 2025-yil aprel oyida Saudiya Arabistonining Jidda va Toif shaharlarida o‘tkazilgan qit’a chempionatida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘tkazilgan 6 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqqan edi.
Jamoa yarim finalda aynan KXDRga qarshi bahs olib borgan hamda Sadriddin Hasanov, Jamshidbek Rustamov va Abubakir Shukurullayevning gollari evaziga 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Turnirda eng yaxshi natija ko‘rsatgan sakkizta jamoa OFK vakili sifatida Qatar mezbonlik qiladigan 2026-yilgi 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.








