Daryo

“‘Peshexod’ga qaramay qolibman”. Fargʻonada Damas 3-sinf oʻquvchisini urib yubordi

Bola koʻrsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada hayotdan koʻz yumgan.

1 daqiqa o‘qish1 910 ko‘rishlar0 izoh0

Fargʻonada Damas haydovchisi piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan maktab oʻquvchisini urib yubordi. Bu haqda “Bu kun” dasturida xabar qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, holat Quva tumanida soat 7:30 atrofida sodir boʻlgan. 21 yoshli haydovchi oʻziga ishonch qogʻozi bilan biriktirilgan Damas mashinasida piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan 66-maktabning uchinchi sinf oʻquvchisini urib yuborgan.

Bola birinchi yordam koʻrsatish uchun tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan, biroq koʻrsatilgan muolajalarga qaramay u shifoxonada hayotdan koʻz yumgan.

“Bir mashina bu tomondan burilayotgan edi. Ana shu mashinaga qarab, ‘peshexod’ga qaramay qoldim. Keyin bolalar yugurib chiqib qoldi, bittasini urib yubordim”, degan haydovchi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Avvalroq Surxondaryoda Damas rul boshqaruvida nosozlik sabab yoʻlning belgilangan qismidan oʻtayotgan 3 nafar piyodani turtib yuborgandi.

Boshqa bir holatda esa Fargʻonada haydovchi “Volga”da 6 yashar bolani urib yuborib, uning oʻlimiga sababchi boʻlgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar