Daryo

PPX xodimiga musht tushirgan haydovchi ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Videoda zo‘ravon erkakning akasi ekani aytilgan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani ma’lum bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish30 632 ko‘rishlar0 izoh31

Toshkentda PPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchi ishiga aralashmoqchi bo‘lgan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov “Daryo” so‘roviga javoban bu haqda ma’lumot berdi.

Toshkentda mast holatda avtomashina boshqarib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan, PPX xodimiga qoʻl koʻtargan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lum qilinishicha, 30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani koʻchalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Haydovchilar oʻrtasida tortishuv yuzaga kelgani uchun Leapmotor haydovchisi 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, davlat raqam belgisiga ega boʻlmagan Malibu haydovchisi avariya sodir etib, unga nisbatan qoʻpollik qilayotganini bildirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda haydovchi PPX xodimiga tirsagi bilan zarba bergani va uning akasi ekani aytilgan erkak vaziyatga aralashishga uringanini ko‘rish mumkin. Ayrim manbalar ushbu shaxs Ichki ishlar vazirligi xodimini Sh.P. ekanini aytmoqda.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbarining ma’lum qilishicha, ishga aralashmoqchi bo‘lgan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar