Daryo

Oʻzbekistonda aholi va biznesga ajratilgan kreditlar miqdori keskin oshdi

Banklar 2025-yilda 390 trln soʻm kredit berdi. Bu miqdor 2024-yildagidan 36 foizga koʻp.

1 daqiqa o‘qish5 493 ko‘rishlar0 izoh0

Oʻzbekistondagi banklar 2025-yilda aholi va biznesga 390 trillion soʻm kredit ajratdi. Foizli qarz ajratish koʻrsatkichi 2024-yildagiga (287,2 trillion soʻm) nisbatan qariyb 36 foizga oshgan.

Markaziy bank tahliliga koʻra, oʻtgan yili mamlakatda kreditlash faolligi barqaror oʻsgan.

Yil davomida milliy valyutada ajratilgan kreditlar 276,4 trillion soʻmga yetgan (2024-yilda — 193,3 trillion soʻm). Shundan 156,8  trillion soʻmi jismoniy shaxslarga, 108,8 trillion soʻmi korxonalarga berilgan. Soʻmdagi foizli qarzlar umumiy portfel oʻsishining asosiy manbasi boʻlgan.

“2025-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlarga — 10,8 trillion soʻm miqdorida kreditlar ajratildi”, deyiladi Markaziy bank tahlilida.

​Oʻtgan yilda chet el valyutasida berilgan kreditlar soʻm ekvivalentida 113,6 trillion soʻmni tashkil etgan (2024-yilda — 94 trillion  soʻm). Xorijiy kreditlarning asosiy ulushi, yaʼni 113,1 trillion soʻmi korxonalar hissasiga toʻgʻri kelgan. Qolgan 441,5 mlrd soʻmni yakka tartibdagi tadbirkorlar olgan.

“2024–2025-yillarda ajratilgan kreditlar tarkibida milliy valyutada moliyalashtirish ulushi oshgan, yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi kreditlarga talabi saqlanib qolgan”, deya qayd etgan regulyator.

​Avvalroq Markaziy bank 2025-yilda soʻmning dollarga nisbatan almashuv kursi 6,9 foizga mustahkamlanganini maʼlum qilgan. Bu iqtisodiyotda soʻmga boʻlgan ishonchni oshirgan muhim omil ekani bildirilgan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar