Ayollar, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, avtomobillarni erkaklarga qaraganda butunlay boshqacha tanlaydi. Ular uchun ko‘pincha texnik xususiyatlar emas, balki rang va tashqi ko‘rinish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ayollar avtomobili deganda nima nazarda tutiladi? Qizlar uchun muhim bo‘lgan bir nechta xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin.
- Rang va tashqi ko‘rinish - bularning barchasi kayfiyatga, turmush tarziga va hatto kiyinish uslubiga mos kelishi lozim.
- O‘lcham. Biz ko‘pincha shaharda o‘zini yaxshi his qiladigan ixcham mashinalarni ma’qul ko‘ramiz. Ularni to‘xtash joyiga qo‘yish osonroq, chunki ko‘p joy talab qilmaydi.
- Qiz bola uchun mo‘ljallangan avtomobil qulay va xavfsiz bo‘lishi, uni boshqarish yetarlicha oson bo‘lishi kerak (gidrokuchaytirgichli rul va avtomatik uzatmalar qutisi afzal).
- Ayollar mashinasini tanlashda narx ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, eringiz yoki ota-onangizning yordamisiz avtomobil sotib olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz.
Shunday qilib, sizga eng chiroyli 7 ta ayollar mashinasini taqdim etamiz.
Nissan Micra
Yoqimli charm salonli kichkina mashina - haydovchi ayol uchun bundan yaxshiroq narsa bormi? Ko‘pchilik ayollar bu mashinani sotib olishni orzu qiladi, chunki avtomobilning tashqi ko‘rinishi nisbatan arzon narx va ajoyib xususiyatlar bilan uyg‘unlashgan. Aytgancha, Nissan Micra modellari yorqin ranglari bilan ajralib turadi - o‘zingizga mos variantni topish oson bo‘ladi.
Hyundai Getz
Ko‘plab qizlar bu ixcham va ishonchli avtomobilning jozibador tashqi ko‘rinishi, kichik hajmi hamda yonilg‘ini tejash xususiyati tufayli yaxshi ko‘radi.
Chevrolet Spark
Chevrolet Spark nisbatan kamtarona xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, yetarlicha ishonchli va xavfsizdir - xavfsizlik yostiqchalari va samarali tormoz tizimidan tashqari, u avariya paytida kuzov va yonilg‘i bakini qo‘shimcha himoyalash bilan jihozlangan. Ushbu jihat va arzon narxi Chevrolet Spark’ni haydashni endigina o‘rganayotganlar uchun qulay avtomobilga aylantiradi.
Toyota Yaris
Mazkur avtomobil o‘zining yorqin tashqi ko‘rinishi bilan atrofdagilarning e’tiborini tortadi. Hatto nisbatan arzon asosiy komplektatsiyada ham siz unda konditsioner, ABS va ishonchli xavfsizlik tizimi kabi qulayliklarni topasiz. Avtomobilning ixcham o‘lchamlari tufayli esa gavjum shahar ko‘chalarida ham to‘xtash joyini topishda qiynalmaysiz.
Fiat 500
Italiyadan kelgan chiroyli mashina qizlar uchun juda qulay. Fiat 500 yoqimli ranglar to‘plami bilan ajralib turadi - masalan, qizil + qaymoqrang (tomida) yoki mayin ko‘k + qaymoqrang kabi ranglar uyg‘unligi mavjud.
Peugeot 208
Bu fransuz mashinasi nafaqat shahar uchun, balki shahar tashqarisidagi sayohatlar uchun ham juda qulay. Peugeot 208 qulay boshqaruvi va yuqori ishonchliligi bilan qadrlanadi. Bundan tashqari, bu ayollar avtomobili o‘zi bilan ko‘p narsalarni olib yurishni yaxshi ko‘radigan ayollarga yoqadi - unga sizga kerak bo‘lgan barcha narsalar bemalol sig‘adi.
Mazda 6
Bunday mashina atrofdagilarga xarakteringizni darhol namoyon etadi. U qudratli dvigatel va dadil dizayni bilan ajralib turadi. Agar avtomatik uzatmali modelni tanlasangiz, bu ayollar mashinasini boshqarish yanada qulay bo‘ladi.
Izoh (0)