Malika Diana hayotligida dunyodagi eng ko‘p suratga olinadigan ayollardan biri bo‘lgan. Paparatssilar uni hamma joyda ta’qib qilishardi. E’tibor shu qadar ko‘p ediki, suratkashlar uning har bir qadamini tasvirga tushirib borishardi.
Albatta, malika o‘zini bezovta qilayotgan paparatsilardan qutulish yo‘lini topishga harakat qilardi. Va nihoyat buning ilojini topadi.
Ledi Di bir necha kun davomida bir xil kiyim kiyib yuradi, masalan, sport zaliga borganda. Bunday hiyla unga noqulaylik tug‘dirmasdi, paparatssilar esa jahldan o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishardi.
Gap shundaki, Diananing suratlari juda qimmat turardi va suratchilar bundan yaxshigina daromad olishardi. Biroq bir xil kiyim suratlarni bir-biriga o‘xshatib qo‘yar va natijada agentliklar ular uchun haq to‘lashdan bosh tortardi. Malika shunday ayyor usul bilan paparatssilarning ishini qadrsizlantirar va bundan juda mamnun bo‘lardi.
“Har bir mashg‘ulotda barcha ommaviy axborot vositalari kameralari va obyektivlari bilan ko‘chada to‘planishardi... Esimda, uning strategiyalaridan biri har bir mashg‘ulotga bir xil svitshort kiyib kelishdan iborat edi”, deya xotiralari bilan o‘rtoqlashadi Ledi Dining sobiq shaxsiy murabbiyi Jenni Rivett.
Bundan tashqari, malika Diana yurayotganda kameralarga qaramaslikka odatlangandi.
Izoh (0)