Gollivud yulduzlari ham oddiy odamlar kabi husnbuzarlar, ko‘z osti shishlari yoki charchoq izlarini yashirmaydi. Aksincha, ular o‘z ijtimoiy tarmoqlarida bunday holatlarni ochiqchasiga ko‘rsatadi. Ushbu maqolada terisi ideal bo‘lmagan, lekin shunga qaramay o‘zini ishonch bilan namoyon qilgan mashhurlarni ko‘rasiz.
Milli Bobbi Braun

Milli Bobbi Braun 2023-yilda o‘spirin qizdan haqiqiy jozibali yulduz darajasiga ko‘tarildi. Shu davrda Milli omma oldida ochiq va tor liboslarda, yorqin makiyaj bilan paydo bo‘la boshladi.
Bunga javoban aktrisa o‘z terisi bilan bog‘liq muammolarini ko‘rsatgan samimiy rasmini joyladi. Izohlarda muxlislari uni qo‘llab-quvvatlab, yosh qizlarni o‘ziga o‘xshashlikdan qo‘rqmaslikka ilhomlantirayotganini maqtashdi.
Leni Klum

Model fotosuratlarida Haydi Klumning qizi Leni haqiqiy qo‘g‘irchoqqa o‘xshaydi. Leni uchun bunday maqtovlar albatta yoqimli, lekin u modellik sanoati qizlarning go‘zallik haqidagi tushunchalarini ba’zida butkul norealistik shakllantirishi mumkinligini yaxshi biladi. Shuning uchun Leni ba’zan chiroyli surat bu faqat makiyaj ustasi, fotograf va stilistning mehnati natijasi ekanini eslatib o‘tmoqchi bo‘ldi. U o‘z blogida yuzining yaqin plandagi fotosuratini joyladi, unda nafaqat yuzdagi dog‘lar va qizarishlar, balki lab ustidagi tuklar ham aniq ko‘rinib turardi.
Heyli Biber

Jastin Biberning rafiqasi Heyli o‘zining teri bilan bog‘liq muammosi haqida ochiqchasiga gapirdi.
“Perioral dermatit bu teri kasalligi bo‘lib, u akne yoki qizarishga o‘xshab ketadi. Ko‘pincha bu burun atrofidagi burmalar va og‘iz atrofida paydo bo‘ladigan mayda qizil toshmalar shaklida namoyon bo‘ladi”, deb tushuntirdi Heyli va bu jarayonni ochiqchasiga ko‘rsatdi.
Keke Palmer

Professional fotograf suratlaridagi porlab turgan teri ortida ba’zida kamchiliklar yashiringan bo‘ladi. “Qichqiriq malikasi” seriali yulduzi Keke Palmer esa bu borada tortinmadi va qizil yo‘lak ortida qanday ko‘rinishini ochiqchasiga ko‘rsatdi.
Gal Gadot

Ko‘z ostidagi qora doiralar va shishlar hatto Gollivud yulduzlarida ham uchraydi.
Izoh (0)