Daryo

Samarqandda daryo o‘zanidan qum-shag‘al qazilishi oqibatida tabiatga 295 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Tungi reyd vaqtida Toyloq tumanida noqonuniy qazish ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Qum-shag‘al aralashmasi davlat raqamisiz ekskavator yordamida yuk avtomobillariga ortilgan.

1 daqiqa o‘qish4 503 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati Toyloq tumanida Zarafshon daryosi o‘zanidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olinayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ekopolitsiyaning Zarafshon daryosi va uning muhofaza hududlarini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat-reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Reyd davomida moratoriy joriy qilingan daryoning o‘zan qismida bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy qazish ishlari olib borilgani aniqlangan. Holat tungi soat 01:30 lar atrofida qayd etilgan.

Qayd etilishicha, davlat raqamisiz ekskavator yordamida qum-shag‘al aralashmasi yuk avtomashinalariga yuklanayotgan bo‘lgan.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 295 milliard 238 million 402 ming 640 so‘m zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Avvalroq Qashqadaryodagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi faoliyati davomida ekologik qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygani aniqlanib, korxonaga 10 milliard 834 million so‘m miqdorida qo‘shimcha kompensatsiya belgilangandi.

O‘zbekistonda 2026-yil avgustdan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar joriy etiladi.

Yangi qonunga ko‘ra, daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tartibini buzgan, suvlarni ifloslantirgan yoki hududidagi daraxtlarni himoya qilish choralarini ko‘rmagan yuridik shaxslarga atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdoridan bir necha baravar yuqori moliyaviy jarimalar qo‘llanadi.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar