Daryo

Andijondagi yogʻoch omborida yongʻin chiqdi

Hodisada tan jarohati olganlar yoʻqligi ma’lum qilindi.

1 daqiqa o‘qish5 054 ko‘rishlar0 izoh0

Bugun, 21-iyun kuni soat 20:10 da Andijon viloyati, Andijon tumani “Mard” MFYda joylashgan yogʻoch omborida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Murojaatga asosan yongʻin qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga yetib borgan. Olov soat 21:55 da oʻchirilgan.

“Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda sodir boʻlgan yongʻinni bartaraf qilish ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

17-iyun kuni Navoiyda savdo do‘konlari va omborxonada yong‘in chiqqandi. Yong‘in oqibatida savdo va qurilish mollari do‘konlarining taxminan 300 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan, savdo do‘konlarining 2 ming kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Shu kuni soat 22:16 da Farg‘ona viloyati Yozyavon tumanidagi noturar qarovsiz bino sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi turli darajadagi tan jarohati oldi. Bino oldida turgan uchta avtomobil ham yonib ketgan.

Avvalroq Toshkent shahridagi “Beshqoʻrgʻon” savdo majmuasida yirik yongʻin chiqqandi. Oʻt oʻchiruvchilar soat 17 ga yaqin alanga hududini qurshab olgan. 

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar