Oʻzbekiston muomaladagi naqd pullar miqdori bir yilda 28 foizga koʻpaydi. Bu koʻrsatkich Markaziy bank eʼlon qilgan raqamlardan kelib chiqadi.
Joriy yil 1-iyun holatiga koʻra, mamlakat iqtisodiyotidagi pul massasi tarixda birinchi marta 411,43 trillion soʻmga yetdi. Bu bir yil avvalgidan qariyb 111 trillion soʻmga koʻp degani.
Iyun oyi boshida pul massasida muomaladagi naqd pullar ulushi 72,4 trillion soʻmga yaqinlashgan. Taqqoslash uchun, 2025-yil mos davridagi koʻrsatkich 55,2 trillion soʻm edi. Yaʼni iqtisodiyotdagi naqd pullar bir yilda 15,2 trillion soʻmga koʻpaygan.
Joriy yil apreldan respublikadagi qator toʻlovlar uchun naqd pul cheklandi. Biroq aprel va may oylarida ham muomaladagi naqd pullar miqdori oʻsishda davom etgan. Jumladan, aprelda muomaladagi naqd pullar 827 milliard soʻmga, may oyida esa keskin — 5,6 trillion soʻmga koʻpaygan.
Oʻtgan yillarning iyun oyi boshida muomaladagi naqd pullar miqdori quyidagicha boʻlgan:
- 2016-yil — 11,1 trillion soʻm;
- 2017-yil — 17,8 trillion soʻm;
- 2018-yil — 20 trillion soʻm;
- 2019-yil — 23,9 trillion soʻm;
- 2020-yil — 28,2 trillion soʻm;
- 2021-yil — 25,3 trillion soʻm;
- 2022-yil — 36,8 trillion soʻm;
- 2023-yil — 43,8 trillion soʻm;
- 2024-yil — 45,9 trillion soʻm.








