2025-yil 26-aprel kuni UNIO kompaniyasining ko‘p funksiyali NEWPORT majmuasida eng kutilgan tadbirlardan biri — xonadon va qimmatbaho vaucherlar o‘ynalgan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbir majmuaning savdo ofisida tashkil etilib, unda loyihaning bo‘lajak rezidentlari hamda hamkorlari ishtirok etdi.
Asosiy sovrinlar sifatida NEWPORT majmuasidagi zamonaviy xonadon hamda 50 va 100 million so‘m miqdoridagi vaucherlar taqdim etildi. G‘oliblar maxsus lototron yordamida ochiq va shaffof tarzda aniqlangan. Aksiya ishtirokchilari — 2024-yil 11-noyabrdan 2025-yil 31-martgacha NEWPORT majmuasidan ko‘chmas mulk xarid qilgan xaridorlar bo‘ldi.
Tadbir loyihaning qurilish jarayoniga bag‘ishlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Mehmonlar NEWPORT majmuasining birinchi bosqichdagi bloklarining qurilishi jadal tarzda olib borilayotganiga guvoh bo‘lishdi. NEWPORT "shahar ichida shahar" konsepsiyasini amalga oshirib, yangi shahar standartini ishonch bilan barpo etmoqda.
Tadbir davomida bir qator muhim yangiliklar eʼlon qilindi:
• OZONEFC nomli zamonaviy sport va fitnes markazining qurilishi boshlanganligi ma’lum qilindi. Ushbu fitnes-markaz majmuaning birinchi qatorida ikkinchi qavatda joylashadi va aholiga sport bilan shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzini yuritish uchun barcha zarur sharoitlarni taqdim etadi.
• Maydoni 2700 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan zamonaviy coworking markazining qurilishi boshlandi. Ushbu loyiha CSPACE brendi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va majmua rezidentlari — tadbirkorlar hamda turli sohalardagi mutaxassislar uchun qulay va innovatsion biznes muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida MILAN BAND guruhi tomonidan jonli ijro taqdim etildi va bu mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Ishtirokchilar furshet maydonlarida dam olib, qulay va samimiy muhitdan bahramand bo‘lishdi.
Kechaning eng muhim lahzasi esa — UNIO GROUP asoschisi va loyiha ilhomchisi Muhammed Aziz tomonidan sovg‘alarning shaxsan topshirilishi bo‘ldi.
NEWPORT majmuasi Toshkent shahrining markazida — Nukus, Bobur, Kichik Beshog‘och hamda Kichik Xalqa yo‘llari chorrahasida joylashgan bo‘lib, yashash, ishlash va dam olish imkoniyatlarini bir joyda mujassam etgan zamonaviy hayot ekotizimi hisoblanadi.
Majmuada quyidagi qulayliklar taqdim etiladi:
- Keng va obodonlashtirilgan yashil hovli;
- Bolalar bog‘chasi;
- Apart-otel va mehmonxona;
- Street retail va HoReCa yo‘nalishidagi tijorat maydonlari;
- “A” toifasidagi biznes markazlar;
- Zamonaviy savdo markazlari;
- Xususiy tibbiyot markazi.
NEWPORT — bu zamonaviy hayot tarzining yangi falsafasidir.
Bu yerda barcha zarur sharoitlar bir joyda va bir qadam narida joylashgan. NEWPORT — bu qulaylik va funksionallik uyg‘unlashgan, farovon yashash uchun yaratilgan zamonaviy muhitdir.
Sayt: newport.uz
Facebook: fb.com/newport.uz
Instagram: instagram.com/newport.uz
YouTube: youtube.com/newport-uz
Telegram: t.me/newportuz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)