Daryo

O‘zbekistonda asosan necha yoshda ajralish holatlari ko‘proq kuzatilayotgani ma’lum qilindi

Nikohdan ajralishlar 34 mimgtani tashkil etib, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga ko‘p

1 daqiqa o‘qish17 922 ko‘rishlar0 izoh0

2024-yilning o‘tgan 9 oyida ajrashganlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha bo‘lganlarga to‘g‘ri kelgan, ya’ni jami nikohdan ajrashganlarning 64,3 foizini tashkil qilgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra, nikohdan ajralishlar 34 mingtani tashkil etib, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga ko‘p. Nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi — erkaklar uchun 35,2 yoshni, ayollar uchun 32,4 yoshni tashkil etgan.

Nikohdan ajralishlarning eng ko‘p ulushi:

  • Toshkent shahrida 13 foiz;
  • Andijon viloyatida 10,7 foiz;
  • Farg‘ona viloyatida 10,6 foiz;
  • Samarqand viloyatida 10,2 foiz;
  • Toshkent viloyatida 10,1 foizga teng bo‘lgan.

Nikohdan ajralishlarning asosiy qismi shaharlarda 21,1 mingtani (62,0 foiz), qishloqlarda esa 12,9 mingtani (38,0 foiz) tashkil etgan.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar