Daryo

O‘zbekiston aholisi qaysi kasalliklardan ko‘proq vafot etayotgani maʼlum qilindi

O‘lim holati ayollarga qaraganda erkaklarda ko‘p uchramoqda

1 daqiqa o‘qish38 955 ko‘rishlar0 izoh0

Mamlakatda 9 oy davomida qayd etilgan o‘limlarning 57,2 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Infografika: Statistika agentligi

O‘zbekistonda 2024-yil yanvar–sentyabr oylarida vafot etganlar soni 131,7 ming kishini tashkil etdi. Shundan erkaklar 72,3 ming nafar, ayollar 59,4 ming nafar. Vafot etganlardan 74,5 ming kishi shaharlarda, 57,2 ming kishi qishloqlarda yashagan.

Mamlakatda har 100 ming aholiga jami vafot etgan erkaklar soni 517,6 nafar, ayollar esa 430,5 nafarga to‘g‘ri kelgan.

Agentlikning qayd etishicha, to‘qqiz oy mobaynidagi o‘lim holatlarining 57,2 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5 foizi o‘simtalardan kelib chiqqan.

Shu bilan birga, vafot etganlarning 6,5 foizida nafas olish aʼzolari kasalliklari qayd etilgan. Qolgan 5,8 foiz marhum baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4 foizi ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan, 1,2 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan, 15,8 foizi boshqa kasalliklardan vafot yetgan.

Taqqoslash uchun, 2023-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda 129,7 ming kishi olamdan o‘tgan. O‘lim holatining 58,9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqani maʼlum qilingan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar