Daryo

Toshkent—Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi 2-maydan boshlanadi

Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan poyezd soatiga 260 km tezlikda harakatlanadi.

1 daqiqa o‘qish12 518 ko‘rishlar1 izoh1

Toshkent—Xiva yo‘nalishidagi “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi qatnovi 2-maydan yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga tayanib, jurnalist Mahliyo To‘raboyeva xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni jamoatchilik vakillari bilan birgalikda ushbu Hyundai Rotem yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdida Samarqand shahridan Narpay tumaniga borgandi.

Poyezd yetti vagondan iborat, soatiga 260 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Oynalari qoraytirilgan oq rangli tarkib Oʻzbekiston bayrogʻini eslatuvchi moviy, yashil va qizil rangli chiziqlar hamda “Jaloliddin Manguberdi” yozuviga ega. Poyezdning uzunligi 175 metrni, sigʻimi esa uchta – VIP, biznes va ekonom toifalarida 390 nafarga yaqin yoʻlovchini tashkil etadi.

Hyundai Rotem poyezdlari haqida

O‘zbekistonga Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem poyezdlarini yetkazib berish bo‘yicha vazifalar prezidentning 2023-yil 10-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transport sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgandi. 2024-yil fevralida 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi shunday elektropoyezdlarni yetkazib berish istiqbollari muhokama qilingandi.

Janubiy Koreya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi o‘rtasida 250 km/soat tezlikka mo‘ljallangan oltita tezyurar poyezdni yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolangandi. 2025-yilning dekabrida Hyundai Rotem poyezdlari birinchi partiyasi Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga jo‘natildi.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar