Daryo

Janubiy Koreya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida 17 ta hujjat imzolandi

Muzokaralar natijalari muhim kelishuvlar bilan mustahkamlandi

1 daqiqa o‘qish15 674 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlari alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, shu jumladan:

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi bilan hukumatlararo bitim;
  • Koreya Eksport-import banki va Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish to‘g‘risida bitimlar;
  • Koreya Eksport-import banki bilan o‘rta maktablar uchun fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini yetkazib berish to‘g‘risida bitim;
  • “Toshkent Farma Park” innovatsion farmatsevtika klasteri loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • Jahon savdo tashkiloti doirasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Transport sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • O‘zbekiston hududlarida markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • O‘ta muhim minerallar sohasida sheriklik to‘g‘risida kelishuv;
  • Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya qo‘shma qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida kelishuv;
  • Malakali va professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • “O‘zsanoatqurilishbank” AJ bilan Koreya Eksport-import banki o‘rtasida banklararo master-kredit liniyasi to‘g‘risida bitim imzolandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar