Daryo

Sirdaryoda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchini urdi

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatni nazoratga oldi

1 daqiqa o‘qish33 670 ko‘rishlar0 izoh0

Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda ikki o‘quvchi qiz va o‘qituvchi janjali aks etgan video tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 7-oktyabr kuni Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda sodir bo‘lgan. Videoda o‘quvchi qizlar o‘qituvchi ayolga qo‘l ko‘tarib, sochidan tortganini, o‘qituvchi ham ulardan birining sochini tortganini ko‘rish mumkin. Voqeaga guvoh bo‘lgan boshqa o‘qituvchilar ularni ajratishga harakat qilgan.

Holat Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va soha mas’ullari nazoratiga olingan. O‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini qo‘liga igna sanchish bilan jazolangani haqida xabarlar tarqalgandi. Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdig‘ini topmagan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar