Daryo

Avtomobil oldi-sotdisi bo‘yicha eng ko‘p murojaat ikkita korxona ustidan tushgan — Antimonopoliya

2024-yilning o‘tgan 9 oyi davomida iste’molchilardan avtomobillarni lizing va keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 200 dan ortiq murojaat kelib tushgan

1 daqiqa o‘qish9 316 ko‘rishlar0 izoh0

2024-yilning o‘tgan 9 oyi davomida iste’molchilardan avtomobillarni lizing va keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 200 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Aytilishicha, murojaatlarning 80 foizi “Umid Avto Lizing” va “Business Orient Auto” MCHJlar tarkibidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida iste’molchilarga 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarilgan.

Mazkur korxonalar iste’molchilarning pul mablag‘larini qisqa muddatda yangi avtomobil olib berish va’dasi bilan jalb qilib, o‘zlarining shartnomaviy majburiyatlarini lozim darajada bajarish maqsadida boshqa iste’molchilardan jalb qilingan mablag‘lar evaziga qoplash va iste’molchilardan olingan pullarni qaytarishni bir yildan ortiq muddatga kechiktirish (ushlab turish) hamda shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarilmaslik holatlariga yo‘l qo‘ygan.

Qo‘shimcha qilinishicha, qo‘mita tomonidan “Monopolist kompaniya ishlab chiqargan Damas qulog‘ini ushlab ketdi. MCHJga to‘langan pullar esa qaytarib berilmayapti” nomli murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng o‘rganish natijalari bo‘yicha axborot taqdim etiladi.

Avvalroq lizing va bo‘lib to‘lash kabi omillar yaqin kelajakda avtomobil savdosi o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishda davom etishi xabar qilingan edi.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar