Daryo

Namanganda issiqxonada milliardlab so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Sirdaryo va Namangan viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

1 daqiqa o‘qish6 742 ko‘rishlar0 izoh0

Guliston shahrida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatda gaz hisoblagichga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzib tashlangan. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aytilishicha, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatda gaz hisoblagichga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilib, 223 million 300 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Bu kabi holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan, yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli issiqxona qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm polietilen quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3 milliard 2 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Avvalroq Jizzax viloyatida 812 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlangan edi.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar