Daryo

Vazirliklarning 160 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik subyektida ta’sischi ekani ma’lum bo‘ldi 

Ekologiya, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklari va ularning tizim tashkilotlarida o‘rganishlar o‘tkazildi

1 daqiqa o‘qish8 791 ko‘rishlar0 izoh0

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘rganishlar davomida jumladan:

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta;
  • Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta;
  • Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum bo‘lgan.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha mazkur vazirliklarga Agentlikning taqdimnomalari kiritilgan. Tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari hozirda bartaraf etilmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar