Daryo

Nu’mon Muhammadiyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

U Adliya vazirligi huzuridagi yangi tashkil etilgan To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori etib tayinlandi. Ma’lumot “Daryo”ning hukumatdagi manbasi tomonidan tasdiqlangan.

1 daqiqa o‘qish6 016 ko‘rishlar0 izoh0

Tarmoqlarda Nu’mon Usmonovich Muhammadiyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi. “Daryo”ning hukumatdagi manbasi ushbu xabarni tasdiqladi. 

Ma’lum qilinishicha, Muhammadiyev Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori etib tayinlangan.

Nu’mon Muhammadiyev 2025-yilning mart oyida Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Tayinlanishidan oldin esa 2023-yildan boshlab Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u o‘z mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligining Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6-maydagi farmoni bilan Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etilishi belgilangan edi. “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, agentlik to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar