Daryo

Jizzaxdagi metan zapravka 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan

1 daqiqa o‘qish29 280 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida joylashgan metan zapravkada 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Foto: “O‘zenergoinspeksiya” 

“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “R.G.M.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagich ko‘rsatgichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 8 mlrd 677 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Bundan avval Angrendagi metan zapravka 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan, Samarqanddagi metan zapravkada 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar