Daryo

Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi

U tayinlovga qadar O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlagan

1 daqiqa o‘qish7 258 ko‘rishlar0 izoh0

Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

U tayinlovga qadar O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat olib borgan. 

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, vazir sifatida faoliyat olib borgan. 

Jollibekov, shuningdek, O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi kabi lavozimlarda ishlagan.

Avvalroq Daryabay Kaypov Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar