Daryo

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Shveysariyadagi elchisi etib tayinlandi 

U Germaniyada ham mamlakatning rasmiy vakili hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish5 314 ko‘rishlar0 izoh0

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Shveysariyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” AA

Qayd etilishicha, elchi (qarorgohi Berlin shahrida) 25-oktyabr kuni Shveysariya prezidenti Viola Amerdga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan.

Uchrashuvda prezident so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasida yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalar sezilarli faollashganini ta’kidladi. U Shveysariya hukumati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Davlat rahbari foydali qazilmalarni o‘zlashtirish, “yashil” iqtisodiyot, “yashil” energetika, suv va energiyani tejash texnologiyalarini joriy qilish, iqlim o‘zgarishi va ekologiya muammolari oqibatlarini bartaraf qilish, kasbiy ta’lim tizimida Shveysariya dual ta’lim modelini joriy qilish borasida hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.

Dilshod Axatov 2023-yilning oktyabrida O‘zbekistonning GFRdagi elchisi sifatida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shu tariqa, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Shveysariyada ham mamlakatning rasmiy vakili hisoblanadi. Berlinga tayinlanguniga qadar, u 2020—2023-yillar O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.2010—2013-yillarda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi, shuningdek, Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada o‘rindoshlik asosida elchi bo‘lib ishlagan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar