Daryo

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlandi 

Bungacha u Hindistondagi favqulodda va muxtor elchi lavozimida ishlab kelgan

1 daqiqa o‘qish20 064 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Dilshod Axatov Berlin shahriga keldi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Bungacha Axatov O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan (2020–2023 yil). U 51 yoshda bo‘lib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.

Dilshod Axatov Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi faoliyatini stajyor sifatida boshlagan va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarigacha bo‘lgan martaba zinapoyasining barcha bosqichlarini bosib o‘tgan. 

U 2010—2013-yillarda O‘zbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi (o‘rindoshlik bo‘yicha Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada) sifatida faoliyat yuritgan. 

Dilshod Axatov 2017—2023-yillarda Berlindagi elchi lavozimida ishlagan Nabijon Qosimov o‘rnini egallaydi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar