Daryo

O‘zbekistonda firibgarlar davlat rahbarining fotosuratidan foydalanib, yolg‘on xabar tarqatayotgani ma’lum bo‘ldi

Internet firibgarlari hukumat vakillari, mashhur shaxslar qiyofasidan foydalangan holda soxta reklama xabarlarini yaratmoqda

1 daqiqa o‘qish5 767 ko‘rishlar0 izoh0

Investitsiya kiritish orqali mo‘maygina mablag‘ ishlab olish mumkinligi haqida aytilayotgan videoroliklar yolg‘on deya xabar bermoqda Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Telegram orqali tarqalgan qisqa videoda davlat rahbari nomidan “O‘zingizga va oilangizga qarzlar va barcha kreditlarni yopishga yordam bering. Hayotingizni bugun o‘zgartirish imkoniyatidan foydalaning. Har bir plastikda 17 million so‘m”, deyilgan xabarlar yuborilmoqda.

Markaz internet orqali mo‘may daromad taklif etayotgan har qanday axborotni jiddiy tekshirishni so‘ramoqda.

Ayniqsa, bugun internet firibgarlari hukumat vakillari, mashhur shaxslar qiyofasidan foydalangan holda soxta reklama xabarlarini yaratmoqda. Shuning uchun investitsiya kiritish orqali mo‘maygina mablag‘ ishlab olish mumkinligi haqida aytilayotgan videoroliklarga ishonmang, deyiladi markaz axbortida.

Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisi nomidan Telegram orqali feyk xabarlar yuborilayotgani aytilgan edi.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar