Daryo

Endrik “Real” safida o‘ziga xos natija qayd etdi  

Ispaniya kubogi yarim final javob bahsida braziliyalik futbolchi gol urishni uddaladi

1 daqiqa o‘qish5 222 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi hujumchisi Endrik Ispaniya Kubogi yarim finalida “Real Sosyedad” darvozasiga gol urib, joriy mavsum ushbu turnirdagi gollari sonini beshtaga yetkazdi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchi “qirollik klubi” tarkibida 2012/13-yilgi mavsumdan beri mazkur musobaqada kamida beshta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Foto: Championat

Manbaga ko‘ra, Endrik bu orqali “Real”ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldudan keyin bir mavsumda Ispaniya Kubogida 5 ta gol urgan ilk futbolchiga aylangan. 2012/13-yilda portugaliyalik futbolchi ushbu musobaqada yetti bor raqib darvozasini ishg’ol qilgan.

18 yoshli Endrik 2024 yilning iyul oyida “Real” safiga qo‘shilgan edi. Unga qadar futbolchi “Palmeyras” safida o‘ynagan. Endrik Yevropadagi ilk mavsumida barcha musobaqalarda 28 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, kecha, 1-aprel kuni Ispaniya Kubogi yarim final javob bahsida “Real Madrid” — “Real Sosyedad” bilan to‘qnash keldi (4:4). Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, madridliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ikkinchi finalchi nomi bugun, 2-aprel kuni bo’ladigan “Atletiko” — “Barselona” bahsida aniqlanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar