InfinBANK obuna asosidagi va komissiyasiz kartalarni ishga tushirmoqda!
Komissiyalardan erkinlik uchun obuna narxi qanday:
- Visa Classic Zero — oyiga 1 AQSh dollari;
- Visa Platinum Zero — oyiga 5 AQSh dollari.
Yoki umuman bepul — agar kartada ma’lum miqdorda mablag‘ saqlasangiz, to‘lov undirilmaydi. Kartadagi barcha mablag‘lar doim foydalanish uchun ochiq. Hammasi oddiy va shaffof.
Obunaga nimalar kiradi:
- Visa Direct orqali bepul o‘tkazmalar — telefon raqami yoki karta raqami orqali (belgilangan limitlar doirasida);
- InfinBANK bankomatlari va terminallaridan naqd pulni bepul yechish;
- Xaridlar uchun bepul xizmat ko‘rsatish — karta orqali to‘lovlar uchun komissiya yo‘q;
- Karta bepul rasmiylashtiriladi va yetkazib beriladi.
Visa Classic Zero — komissiyalardan erkinlikning yangi trendi!
“Biz Visa Uzbekistan bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi Visa karta egalari imkoniyatlarini kengaytirganimizdan faxrlanamiz. Biz mijozlarga maksimal darajada shaffof shartlar asosida, asosiy operatsiyalar uchun komissiyasiz mahsulotni taklif etdik. Bunday yondashuv odatiy bank xizmatlari haqidagi tasavvurni o‘zgartiradi: hammasi shaffof, oldindan bashorat qilinadigan va yashirin shartlarsiz. Bu haqiqatdan ham — har bir xarid va har bir pul o‘tkazmasida haqiqiy erkinlik”, deydi chakana mahsulotlar bo‘yicha Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ruslan Karimov.
InfinBANK hech qanday yashirin komissiyalarni qo‘llamaydi va mijozlarga to‘liq ishonch hamda ochiq shartlarni taklif qiladi. Hammasi tushunarli — hammasi obuna asosida.
Visa Platinum Zero bilan — premium segment yanada yaqinroq:
- Tashkentdagi ANJIR Lounge hamda boshqa aeroportlarda biznes zallariga kirish imkoni;
- Visa orqali dunyo bo‘ylab chegirmalar va maxsus takliflar;
- Amirsoy Resort’da dam olish va ko‘ngilochar xizmatlarga 10% chegirma;
- Mehmonxonalarni bron qilishda imtiyozlar.
“Biz zamonaviy va qulay moliyaviy mahsulotni taklif qilmoqdamiz. Obuna formati — bu bank xizmatlarini yanada soddaroq, tushunarliroq va mijozga yaqinroq qiladi”, deya izoh berdi xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Kamila Nurnazarova.
Kartani InfinBANKning istalgan bo‘limida yoki mobil ilova orqali rasmiylashtirish mumkin.
Shartlar, limitlar va tariflar — havolada.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)