Daryo

“Ukraina dronlari Moskvadagi paradda uchib oʻtishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Rossiyadagi 9-may paradi harbiy texnikalarsiz oʻtishiga munosabat bildirdi. U bu yilgi yoz “Putin uchun hal qiluvchi palla” boʻlishini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qish11 548 ko‘rishlar0 izoh5

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 9-may kuni boʻlib oʻtadigan Moskvadagi paradda dronlar hujum qilishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda siyosatchi Yerevanda boʻlib oʻtgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi yoz “Putin uchun kelgusidagi harakatlarini belgilaydigan hal qiluvchi palla” boʻladi.

“U urushni kengaytirish yoki diplomatik yoʻlni tanlashi kerak, biz uni diplomatiyaga undashimiz lozim. Rossiya 9-mayda parad oʻtkazishini e’lon qildi, ammo bu paradda harbiy texnika ishtirok etmaydi. Agar chindan ham shunday bo‘lsa, ular uzoq yillar davomida birinchi marta paradni harbiy uskunlar bilan oʻtkazishni o‘zlariga ravo ko‘rolmaydi. Ukraina dronlari ham ushbu paradga uchib kelishi mumkin. Bu ularning avvalgidek kuchli emasligini ko‘rsatadi”, dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalar bilan bosim oʻtkazish davom etishini ta’kidladi va sanksiyalarning 20-paketi uchun Yevropa Ittifoqiga minnatdorlik bildirdi.

Harbiy texnika va mobil internetsiz parad

9-may kuni Moskvadagi an’anaviy parad uzoq vaqtdan beri birinchi marta harbiy texnikalarsiz o‘tkaziladi. Rossiya Mudofaa vazirligi buni “tezkor vaziyat”, Kreml esa “terrorchilik tahdidi” deya izohladi. Tadbir arafasida mobil aloqa ham cheklanadi. Ushbu cheklovlar nafaqat shahar markazida, balki butun Moskva halqa yo‘li hududi bo‘ylab joriy etiladi. Kreml paradda davlat yetakchilaridan kimlar ishtirok etishini e’lon qilmagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar