Daryo

Moskvadagi 9-may paradi harbiy texnikalarsiz oʻtadi — manbalar

Parad 40 daqiqa davom etishi, mehmonlar soni qisqarishi aytilmoqda. Kreml paradga kimlar taklif etilganini hali ochiqlamadi.

1 daqiqa o‘qish14 587 ko‘rishlar0 izoh9

Moskvada boʻlib oʻtadigan 9-may paradi harbiy texnikalar ishtirokisiz oʻtkaziladi. Bu haqda siyosatchi Yekaterina Shulman va jurnalist Aleksandra Prokopenko noma’lum manbalarga tayanib xabar berdi.

“Paradning umumiy davomiyligi 40 daqiqa boʻladi, texnika harakatlanmaydi, mehmonlar bir necha yuz kishini tashkil etadi. Media xabarda parad odatdagidek, marosim oʻtkaziladigan joyda bo‘lib o‘tishi aytiladi. Uning qisqaligini e’tiborga olmaslik buyurilgan. Oliy Bosh qo‘mondonni ko‘rsatishsa, minnatdor boʻling”, deb yozdi Shulman Telegram kanalida.

Prokopenko ham xuddi shunday ma’lumotni keltirdi. U harbiylar kolonnalari texnikalarsiz harakatlanishini, mehmonlar soni esa bir necha mingdan bir necha yuzgacha qisqarishini ta’kidladi.

“Tashviqot mashinasi boshidanoq shunday rejalashtirilgani va buning dronlar bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlaydi”, dedi u.

Z-pabliklarda bir necha hafta oldin 9-may paradi cheklangan formatda o‘tkazilishi yoki hatto umuman bekor qilinishi haqidagi mish-mishlar faol muhokama qilina boshlandi. Fighterbomber kanali muallifi (515 ming obunachiga ega) aprel oyi boshida paradning havo qismi repetitsiyasi bekor qilingani haqida xabar bergandi.

25-aprel kuni “Agentstvo” nashri Moskva rasmiylari odatda paraddan ikki hafta oldin boshlanadigan va ko‘chalar yopilishi bilan kechadigan parad repetitsiyalari haqida haligacha xabar bermaganiga e’tibor qaratdi. Rasmiylar paradning bekor qilinishi yoki qisqartirilishi haqida rasman xabar bermagan.

Ma’lumot oʻrnida, Estoniya, Latviya va Litva Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoning 9-may kuni Moskvadagi paradda ishtirok etish uchun oʻz havo hududidan oʻtishini taqiqladi. Bunga javoban Fitso muqobil yoʻnalish topishini ma’lum qildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov paradga kimlar taklif etilishini hali ochiqlamagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar