Daryo

Yaqin Sharqdan 32 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Xususan, Saudiya Arabistonidan 2 735 nafar fuqaroning vatanga qaytishi ta’minlanib, mazkur mamlakatda evakuatsiya tadbirlari yakunlandi.

1 daqiqa o‘qish2 968 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan qaytarilgan fuqarolar soni 13-mart kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, 32 934 nafarga yetdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 12-mart kuni mamlakatning Qatardagi elchixonasi tomonidan 49 nafar fuqaro BAA va Saudiya Arabistoniga yetkazilib, so‘ngra Toshkentga uchib ketishlari ta’minlandi. Ayni paytda navbatdagi fuqarolar guruhi shakllantirilib, ularning Doha shahridan Dubay orqali O‘zbekistonga qaytishi masalalari ishlab chiqilmoqda. BAAdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan 147 nafar fuqaroning Toshkentga uchib ketishiga ko‘maklashildi.

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi tomonidan 5 nafar o‘zbekistonlikning qo‘shni davlatlar hududi orqali chiqib ketishi ta’minlandi. Ushbu davlatdan vatanga qaytish istagini bildirgan fuqarolar bilan ishlar davom ettirilmoqda. Isroildagi diplomatlar tomonidan 4 nafar fuqaroning Misr orqali O‘zbekistonga qaytishi tashkil etildi.

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, Jidda shahridagi bosh konsulxonasi va Transport vazirligi bilan hamkorlikda charter reyslari orqali 2 735 nafar fuqaroning vatanga qaytishi ta’minlandi. Mazkur mamlakatda evakuatsiya tadbirlari yakunlandi.

Vazirlik O‘zbekiston fuqarolarining xavfsiz tarzda vatanga qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha diplomatik vakolatxonalar faoliyati davom etayotganini bildirdi.

10-martdan boshlab O‘zbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘lovchi tashuvchi reyslarga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. Uzbekistan Airports kompaniyasiga Saudiya Arabistoniga uchayotgan yo‘lovchilarda qaytish aviabiletining mavjudligini tekshirish topshirildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar