Daryo

Navoiyda oltin qazib olish uchun portlovchi moddalar olib ketayotgan shaxs qoʻlga tushdi

Muqaddam sudlangan ushbu fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

1 daqiqa o‘qish4 400 ko‘rishlar0 izoh2

Navoiyda mashinasida portlovchi moddalar olib ketayotgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, Nurota tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda samarqandlik muqaddam sudlangan 42 yoshli fuqaroga tegishli avtomashina gumonlanib toʻxtatib tekshirilganda, salonda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan kukun holatidagi va tayyor holatga keltirilgan portlovchi moddalar borligi aniqlandi.

Mazkur ashyolar olib yurish, tashish hamda sotish taqiqlangani bois tadbir ishtirokchilari tomonidan rasmiylashtirib olindi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu portlovchi moddani gumonlanuvchi tarkibida tilla boʻlgan togʻ jinslarini qazib olishda foydalanmoqchi boʻlgan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda chorva ogʻilxonasida qum zarralaridan oltin ajratish bilan shugʻullanayotgan tadbirkor fosh boʻlgandi.

U oʻzi rahbarlik qilib kelayotgan xususiy korxona hududida tashkil etilgan koʻchma sex orqali oltin zarralari bor toshlarni maydalab, qimmatbaho metall ajratib olgan.

Boshqa bir holatda esa, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida noqonuniy oltin qazish bilan shugʻullangan 37 kishi qoʻlga tushgandi.

Ushbu holatda noqonuniy qazish ishlari ortidan davlat va jamiyat manfaatlariga 20 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar