Daryo

Toshkent metrosi birinchi marta 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

Millioninchi yo‘lovchiga jamoat transportidan bir yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasi sovg‘a qilindi

1 daqiqa o‘qish20 165 ko‘rishlar0 izoh1

Toshkent metropoliteni 16-dekabr kuni birinchi marta bir kunda 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.

Foto: Videodan kadr

Metropoliten mas’ul xodimlari ishtirokida “Metrodan foydalangan millioninchi yo‘lovchi”ni aniqlash tadbiri o‘tkazildi va unda omadli yo‘lovchi aniqlandi. U poytaxtda yashovchi Kozim Sohibov bo‘ldi. Unga “Chinor” bekati boshlig‘i Abdurahmon Abdug‘afforov esdalik sovg‘asi va bir yil davomida Toshkent jamoat transportidan (metro va avtobus) bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasini topshirdi.

Metropoliten matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda metro xizmatiga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. O‘tgan haftaning seshanba-juma kunlarida o‘rtacha kunlik yo‘lovchi oqimi 985-995 mingni tashkil etgan.

Bugungi kunda metropoliten liniyalarining umumiy uzunligi 71 kilometrga, bekatlar soni esa 50 taga yetkazildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar