Daryo

Rossiya yollanma jangchilari Malida hujumga uchradi

Ayirmachi isyonchilar tarkibida 300 nafar rossiyalik harbiy va mahalliy askarlar bo‘lgan harbiy karvonga pistirma qo‘ydi.

1 daqiqa o‘qish6 242 ko‘rishlar0 izoh4

Mali shimolida mahalliy askarlar va Rossiyaning “Afrika korpusi” harbiy tuzilmasi jangchilarini olib ketayotgan karvonga hujum qilindi. 9-iyul kuni sodir etilgan bu hujum uchun mas’uliyatni ayirmachi isyonchilar o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, karvonda 200 nafardan ortiq rossiyalik jangchi va 100 dan ziyod malilik askar bo‘lgan. Karvon Anefis shahri tomon harakatlanayotgan edi. U yerda janglar hali ham davom etmoqda.

AFP agentligi esa malilik manbaga tayanib o‘nlab mashinalardan iborat karvon navbatdagi pistirmaga uchraganini yozdi. Reuters va AFP agentliklari hujumni Tuareg isyonchilari amalga oshirganini tasdiqladi.

“Bizning qo‘shinlarimiz shu payshanba kuni Tabankort yaqinida yordamga kelayotgan kuchlarga qarshi jangga kirdi. Bu kuchlarning 90 foizini Rossiya yollanma jangchilari va Mali askarlari tashkil etadi”, dedi “Azavad ozodlik fronti” (FLA) isyonchilar guruhi vakili Muhammad Elmaulud Ramazon.

Isyonchilar hududlarni egallaganini da’vo qilmoqda

FLA isyonchilari shimoldagi Kidal shahrini nazorat qilishda muhim hisoblangan Anefis shahrini egallaganini ma’lum qildi. Ular Kidal shahrini aprel oyida “Al-Qoida”ga aloqador JNIM guruhi bilan birgalikda qo‘lga kiritgandi. Biroq AFP xabariga ko‘ra, Rossiya harbiylari va Mali askarlari Anefisdagi harbiy lager nazoratini saqlab qolgan.

Malida 2012-yildan buyon isyonlar davom etib kelmoqda. Mamlakatda 2020 va 2021-yillarda ketma-ket ikki marta harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Rossiyaning “Afrika korpusi” tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam ham hozircha hududdagi tartibsizliklarni to‘xtata olgani yo‘q. Shu hafta Malida Rossiya vertolyoti urib tushirilgan edi. Bu hodisa ham Tuareg isyonchilari tomonidan amalga oshirilgan. 

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar