Daryo

O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimi joriy etiladi

AQSHda qo‘shimcha konsulliklar ochiladi. Bunda o‘zbekistonliklar yirik diasporalari eng ko‘p to‘plangan hududlar — Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl shaharlari hisobga olinadi.

1 daqiqa o‘qish2 260 ko‘rishlar0 izoh0

Tashqi siyosiy va davlat tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha maslahatchi-elchi — O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining AQSHdagi lavozimi kiritiladi.

Prezidentning 12-noyabrdagi farmonida belgilanishicha, maslahatchi-elchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish, shuningdek, faoliyati reglamentini tasdiqlash prezident administratsiyasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

Maslahatchi-elchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbariga hisobdor va O‘zbekistonning AQSHdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish qismida qo‘llab-quvvatlashga mas’ul hisoblanadi.

Maslahatchi-elchi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

Farmonga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi xodimlari shtat birligini ko‘paytirish to‘g‘risida taklif kiritishi lozim.

Bir oy muddatda AQSH hududida qo‘shimcha konsulliklar ochish masalasini ishlab chiqadi. Bunda geografik qamrovni ta’minlash uchun kontingentga AQSH tarmoqlarining asosiy xablari bilan ishlovchi xodimlar va mutaxassislar kiritiladi hamda vatandoshlar yirik diasporalari eng ko‘p to‘plangan hududlar (Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl shaharlari) hisobga olinadi.

Shuningdek, AQSHning barcha shtatlarida yashab kelayotgan o‘zbek diasporalari bilan samarali hamkorlik modelini ishlab chiqib, muvaffaqiyatli amalga oshirish — AQSH hududida yangidan tashkil etilayotgan konsulliklarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar