Daryo

Navoiyda savdo do‘konlari va omborxonada yong‘in chiqdi

Yong‘in qurshab olinganidan so‘ng bir soat ichida to‘liq bartaraf etilgan. Uni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

1 daqiqa o‘qish12 279 ko‘rishlar0 izoh0

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida oziq-ovqat va qurilish mollari savdo do‘konlari hamda omborxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

16-iyun kuni soat 18:35 da “Mustaqillik” MFY Amir Temur ko‘chasida joylashgan “El Baraka Ul Haq” MCHJ hamda Lider Bazar YTT ga tegishli oziq-ovqat va qurilish mollari savdo do‘konlari hamda omborxonasi yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, voqea joyiga Uchquduq tumani FVB hamda NKMK AJ hamda “Navoiyuran” DK OFVB dan jami 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga 18:38 yetib borib, soat 19:06 da yong‘in qurshab olingan va soat 20:05 da to‘liq bartaraf etilgan.

Foto: Navoiy viloyati FVB

Yong‘in oqibatida savdo va qurilish mollari do‘konlarining taxminan 300 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan, savdo do‘konlarining 2 ming kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Tan-jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Shu kuni soat 22:16 da Farg‘ona viloyati Yozyavon tumanidagi noturar qarovsiz bino sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bino oldida turgan uchta avtomobil ham yonib ketgan. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar