Daryo

O‘zbekistonda yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Prezident soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70-80 foiz vaqti sarflanayotganini tandiq qildi

1 daqiqa o‘qish5 635 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev 16-iyundagi videoselektor yig‘ilishida mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqishni topshirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda qayd etilishicha, yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga o‘sdi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga ham chiqmadi.

Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy byudjetda qoldirilmoqda. Lekin faqat shu soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70-80 foiz vaqti sarflanmoqda.

“Bu 1 so‘m soliq yig‘ish uchun 2 so‘m resurs sarflash bilan barobar emasmi? Aslida, Soliq qo‘mitasi rahbariyati, viloyat, tuman soliq rahbarlari televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, soliq to‘lash majburiyat emas, konstitutsiyaviy burch ekanini tushuntirsa, soliqlarni odamlarning o‘zi to‘lab qo‘yadi-ku. Agar mahalladagi soliqchi bunga ketgan vaqtini soliq bazasini kengaytirishga sarflasa, tushum karra-karra oshadi”, dedi prezident.

Shu sababli mutasaddilarga mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilishda bandlik rejasini to‘liq bajarilmagan 15 ta tuman hokimi uch oyda rejaga chiqmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi. Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari ishdan bo‘shatilib, masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan to‘ldirilishi aytildi. Davlat rahbari suyultirilgan gaz yetkazishdagi muammo bo‘yicha rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish berdi.  Shavkat Mirziyoyev hokim, vazirlar topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shartligini ham qayd etib o‘tdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar