Daryo

Oʻzbekistonda 1-dekabrdan boshlab Ai-80 benzini sotuvi toʻxtatiladi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan aholini sifatli va ekologik toza yonilgʻi bilan taʼminlagan holda AI-80 benzinini AYQSHlarda sotishning oldini olish boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatiladi.

1 daqiqa o‘qish2 883 ko‘rishlar0 izoh2

Prezidentning 18-noyabrdagi qaroriga asosan 2025-yil 1-dekabridan boshlab Ai-80 benzini sotuvi toʻxtatiladi.

Qayd etilishicha, aholini sifatli va ekologik toza yonilgʻi bilan taʼminlagan holda Ai-80 benzinini AYQSHlarda sotishni oldini olish boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatiladi. Bunga masʼul etib Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Ekologiya qoʻmitasi tayinlangan.

Qaror bilan respublikada 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika bogʻlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish, shuningdek, Toshkent shahar oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish belgilangan.

Qurilish uchun ajratilgan obyektlarda endi qurilish boshlanishidan oldin quruvchi tashkilotlar tomonidan fon monitoring stansiyalari va onlayn kameralar oʻrnatiladi. Tigʻiz vaqtlarda esa yuk mashinalari harakati cheklanadi.

Binolarni loyihalashda shamol yoʻnalishi va tezligini inobatga olish talabi qoʻyilib, poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesish yoki kesmaslik haqidagi qarorlar kollegial ovoz berish orqali qabul qilinishi belgilandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar