Daryo

O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi — manba

Ushbu jamoaga qarshi o‘yinning aniq sanasi va manzili ma’lum emas. Biroq O‘zbekiston terma jamoasi 1-iyun kuni Kanadada mezbonlar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi inobatga olinsa, UEFA vakili bilan o‘yin ham Shimoliy Amerika qit’asida bo‘lib o‘tishi ehtimoli yuqori.

1 daqiqa o‘qish10 274 ko‘rishlar0 izoh2

O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan Jahon chempionatidan oldin o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. “Daryo” nashri manbasiga ko‘ra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi “oq bo‘rilar” iyun oyida Niderlandiya terma jamoasi bilan o‘ynaydi.

Ushbu jamoaga qarshi o‘yinning aniq sanasi va manzili ma’lum emas. Biroq O‘zbekiston terma jamoasi 1-iyun kuni Kanadada mezbonlar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi inobatga olinsa, UEFA vakili bilan bo‘ladigan o‘yin ham Shimoliy Amerika qit’asida bo‘lib o‘tishi ehtimoli yuqori. Mazkur uchrashuv Kannavaro shogirdlari uchun tarixiy mundial oldidan asosiy tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi ilk o‘yinini Meksikada o‘tkazadi, qolgan ikki uchrashuv esa AQSHdagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi. “Oq bo‘rilar” birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Atsteka” stadioni mezbonlik qiladi. Jamoa ikkinchi turda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Mazkur bellashuv AQSHdagi “NRG” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Niderlandiya terma jamoasi esa “F” guruhidan joy olgan bo‘lib, jamoa Yaponiya, Tunis hamda pley-off orqali (Ukraina\Shvetsiya – Polsha\Albaniya) yo‘llanmani qo‘lga kiritadigan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston iyun oyida Yevropaning yetakchi jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar