O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘zbekistonliklarni Yangi yil bilan tabriklab, kirib kelayotgan yil katta mas’uliyat va hayajon bilan o‘tishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro 2025-yilning 6-oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Italiyalik mutaxassis hozirga qadar jamoa bilan 4 ta o‘yin o‘tkazib, 3 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.“2025-yilni shunday yakunlash naqadar ajoyib. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish men uchun katta sharaf. Men ushbu jamoani tarixiy 2026-yilga ulkan mas’uliyat va katta hayajon bilan boshlab boryapman. Oldinda uzoq yo‘l bor, ammo o‘zbek xalqining kuchi, ishtiyoqi va g‘alaba ruhiga ishonaman.
Yangi bosqichda meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga samimiy minnatdorlik bildiraman. Sizga va oila a’zolaringizga Yangi yil quvonchli va barakali bo‘lishini tilayman”, deb yozdi italiyalik mutaxassis o‘zining Instagram sahifasida.








