Daryo

Parkentdan Toshkentga elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yo‘lovchilar manzilga 50 daqiqada yetib borishi mumkin. Chipta narxi kattalar uchun 10 ming so‘mgacha, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 6,5 ming so‘m etib belgilandi.

1 daqiqa o‘qish4 582 ko‘rishlar0 izoh0

Parkent–Toshkent–Parkent yo‘nalishida 7-sentabrdan shaharlararo elektropoyezdi qatnovi boshlandi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Poyezdda 586 o‘rindiq bo‘lib, jami 1154 tagacha yo‘lovchi sig‘imi mavjud. Chiptalar narxi kattalar uchun 10 ming so‘mgacha, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 6 yarim ming so‘m etib belgilandi. Manzilgacha bo’lgan masofa 50 daqiqani tashkil qiladi.

Prezidentning 2025-yil 27-yanvardagi qarori asosida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyatidagi Baytqo‘rg‘on–Parkent temiryo‘l liniyasining qurilishi 2025-yil yanvar oyida boshlangan edi. Loyiha doirasida dastlab, uzunligi 24 kilometrdan iborat bo‘lgan elektrlashtirilgan temir yo‘l, 3 dona temir-beton ko‘prik, 1 dona avtomobil yo‘l o‘tkazgich, 76 dona suv o‘tkazish inshooti hamda 16 dona avtomobil yo‘li va temir yo‘li kesishmalari, bundan tashqari, 50 o‘rinli “Parkent” temiryo‘l bekati qurildi.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur yirik loyiha foydalanishga topshirilishi kelgusida Toshkent viloyatining Parkent tumani ham sayyohlik manziliga aylanadi. Bu nafaqat mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratadi, balki mamlakat turizm sektoriga ham katta foyda keltiradi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar