Daryo

O‘zbekistonda “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi

Tanlovning birinchi bosqichi har yili sentyabr–dekabr oylarida oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladi. Unda g‘oliblar saralanib, respublika bosqichiga tavsiya etiladi. Tanlovning ikkinchi bosqichi esa har yili 1–20-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

1 daqiqa o‘qish3 228 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi. Tegishli nizom Vazirlar Mahkamasining 4-sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan.

Tanlov har yili sentyabr–dekabr oylarida bakalavriat va magistratura talabalari, shuningdek, doktorantlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, moliyaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, kiberxavfsizlik, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, mudofaa va xavfsizlik, oziq-ovqat texnologiyalari, suv xo‘jaligi texnologiyalari hamda ta’lim va ilm-fan yo‘nalishlarida o‘z loyihalarini taqdim etishi mumkin.

Tanlovning birinchi bosqichi har yili sentyabr–dekabr oylarida oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladi. Unda g‘oliblar saralanib, respublika bosqichiga tavsiya etiladi. Tanlovning ikkinchi bosqichi esa har yili 1–20-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Respublika bosqichida g‘oliblarga pul mukofotlari beriladi. Birinchi o‘rin uchun 50 million so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 30 million so‘m, uchinchi o‘rin uchun 20 million so‘m miqdorida grant ajratiladi. Shuningdek, birinchi bosqichda g‘olib bo‘lganlar ham 10 million so‘mgacha grant bilan rag‘batlantiriladi.

Tanlov g‘oliblari xorijiy davlatlarda ilmiy-amaliy stajirovka yoki malaka oshirish dasturlarida ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar va sovrindorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har yili 20-dekabrgacha e’lon qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi. 2026-yil 1-sentyabrdan oliy ta’lim tashkilotlarida “Oliygohlar — startaplar generatori” dasturi amalga oshiriladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar