Daryo

Shavkat Mirziyoyev AQSH senatori bilan strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

Tomonlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

1 daqiqa o‘qish3 002 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-sentyabr kuni AQSH Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi Stiv Deynsni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida AQSH senatori Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tomonlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi. So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalar yuqori darajaga ko‘tarilgani, muloqotlar va delegatsiyalar almashinuvi faollashgani qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va sanoat sohalarida yirik loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni, xususan, senator vakili bo‘lgan Montana shtati bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. “C5+1” formatidagi hamkorlik va xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar