Daryo

Endi uylarni “rassrochka”ga olib bo‘lmaydimi?

Adliya vazirligi bunga aniqlik kiritib, uylarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga olish cheklanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

1 daqiqa o‘qish5 752 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda endi uylarni “rassrochka”ga olib bo‘lmasligi haqidagi mish-mishlar tarqalgach, Adliya vazirligi bunga aniqlik kiritib, uylarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga olish cheklanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi qarorida 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmasligi belgilangandi. Vazirlikning izoh berishicha, operator muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar bo‘lib, ushbu vositachi-operator uyni “rassrochka”ga olib bera olmaydi. Ammo bu quruvchi o‘zi qurgan uyni xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sota olmaydi, degani emas.
 
Chunki qarorning 3-bandi “a” kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

“Demak, siz avvalgidek quruvchining o‘zidan uy-joyni ‘rassrochka’ga olishingiz mumkin. Qaror quruvchi va xaridor o‘rtasidagi bevosita savdoni taqiqlamaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qarorga ko‘ra, operatorlar maxsus reyestrga kiritiladi, Markaziy bank nazoratida ishlaydi, ularning shartnomalari, ustama va komissiyalariga aniq talablar belgilanadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar