Daryo

O‘zbekiston Superligasi ilk bor xorijda namoyish etiladi

Translyatsiyalar “Paxtakor” - “Nasaf” bahsidan boshlangan.

1 daqiqa o‘qish8 053 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning “Paxtakor” klubi ishtirokidagi O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlari endilikda Iroqda ham namoyish etiladi. Iroqning Al Rabia Sports telekanali “Paxtakor”ning chempionat o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan.

Manbaga ko‘ra, “Paxtakor” uchrashuvlari Iroq hududida eksklyuziv tarzda namoyish etiladi. Translyatsiyalar “Nasaf”ga qarshi Superliga bahsidan boshlangan.

Iroq ommaviy axborot vositalarida ushbu qaror “Paxtakor” safida mamlakat terma jamoasi futbolchilari Ayman Husayn, Bashar Resan va Zayd Tahsin to‘p tepayotgani bilan ham bog‘lanmoqda. Shu sabab Toshkent klubining uchrashuvlariga iroqlik futbol muxlislarining qiziqishi oshgani qayd etilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozircha Al Rabia Sports tomonidan aynan O‘zbekiston Superligasidagi “Paxtakor” uchrashuvlarini namoyish etish tasdiqlangan. O‘zbekiston Kubogi bahslari ham ushbu translyatsiya paketiga kirishi borasida aniq ma’lumot e’lon qilinmagan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar