Daryo

Suriyada Bashar Asad va amakivachchasi o‘limga hukm qilindi

Asad hukumati tomonidan 2011-yilda Deraada sodir etilgan jinoyatlar insoniyatga qarshi jinoyatlar deb tan olindi.

1 daqiqa o‘qish8 681 ko‘rishlar0 izoh0

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad va uning amakivachchasi Atef Najib o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Damashqdagi Jinoyat sudi 11-avgust kuni Asadni qasddan odam o‘ldirishda, Najibni esa qasddan odam o‘ldirish va qiynoqqa solishda aybdor deb topdi. Najib avval Deraa provinsiyasidagi siyosiy xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lib ishlagan. 

U 2011-yilda Deraada hukumatga qarshi namoyishlarni shafqatsiz bostirishga rahbarlik qilganlikda ayblangan. Aynan shu voqealar keyinchalik 14 yil davom etgan Suriya fuqarolar urushiga turtki bergan. Najibga qarshi 75 nafar jabrlanuvchi da’vo arizasi kiritgandi. Sud Asad hukumati tomonidan 2011-yilda Deraada sodir etilgan jinoyatlarni insoniyatga qarshi jinoyatlar deb tan oldi.

Shuningdek, Suriya sobiq prezidentining ukasi Mohir Asad (akasi kabi Rossiyada yashamoqda) qasddan qotillik va qiynoqlar uchun sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Bashar Asad 2024-yil dekabrida isyonchi kuchlar Damashqqa yaqinlashgan vaqtda bir necha ishonchli odamlari va oilasi bilan Moskvaga qochib ketgan edi. Suriya sud oʻtkazish uchun Kremldan sobiq prezidentni topshirishni talab qilgan, biroq rad javobini olgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar